Dining Philosophers muammosi kompyuter fanlari va concurrent nazariyasida klassik sinxronizatsiya muammosidir. Bu muammo resurslarni bo‘lishishdagi qiyinchiliklarni va concurrent jarayonlarni samarali boshqarish zarurligini ta’kidlaydi.
Besh faylasufni dumaloq ovqatlanish stolida tasavvur qiling. Har bir faylasufning oldida uyg’ur lag’mon bor, lekin ular ovqatlanish uchun ikkita sanchqi kerak: bitta sanchqi chap tarafda va boshqa sanchqi o‘ng tarafda joylashgan. Biroq, 5 ta sanchqi mavjud, har bir faylasuf o‘rtasida bitta sanchqi joylashgan. Bu tartib har bir faylasufning ovqatlanish uchun ikkita sanchqini olish zarurligini yuzaga keltiradi va potentsial to‘qnashuvlar va resurslardan foydalanishning muammolarini keltirib chiqaradi.
Asosiy qiyinchilik faylasuflar sanchqilarni bir vaqtning o‘zida olishga uringanlarida paydo bo‘ladi. Agar har bir faylasuf chap tomonidagi sanchqini bir vaqtning o‘zida olib qo‘ysa, ular har biri bitta sanchqini ushlab turadi va ovqatlanolmaydi, bu esa hech bir faylasufning davom etolmaydigan deadlock holatini keltirib chiqaradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, agar ular to‘g‘ri muvofiqlashmasa, bir yoki bir necha faylasuf hech qachon ovqatlanish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi mumkin, bu esa starvation holatiga olib keladi.
Maqsad – faylasuflarning fikr yuritish va ovqatlanish jarayonini to‘g‘ri muvofiqlashtirib, deadlock yoki starvationni keltirib chiqarmaydigan concurrent frameworkni loyihalashdir. Bu resurslarni taqsimlash strategiyalarini amalga oshirishni va faylasuflar fikr yuritish va ovqatlanish o‘rtasida adolatli va samarali tarzda almashinishini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Dining Philosophers muammosi concurrent programmingda yuzaga keladigan muammolarni ko‘rsatish uchun muhim bir misol bo‘lib, ko‘p oqimli muhitlarda samarali resurslarni boshqarish va sinxronizatsiya usullarining zarurligini ta’kidlaydi. Ushbu masalalarni tushunish va hal qilish orqali dasturchilar umumiy resurslarni samarali boshqaradigan va concurrent jarayonlar o‘rtasida muvozanatli o‘zaro ta’sirni ta’minlaydigan tizimlarni yaratishlari mumkin.